Mercedes-Benz kompaniyasi "Yulduzlar janglari" filmining 40 yilligi munosabati bilan CLA 180 modelidagi avtomobillardan 120 dona işlab çiqardi. Bu modellar faqatgina Yaponiyada sotiladi.

Maşinalar ikki rangda: yaxşilikni tanlovçilar uçun oq rangda, yovuzlikni tanlovçilar uçun qora rangda bajarilgan. Avtomobil 1,6 litrli, 122 ot kuçiga erişa oladigan dvigatel bilan jihozlangan. Maşinalar narxi 45 ming dollarni taşkil qilişi taxmin qilinmoqda. 

"Yulduzli" avtomobillar oddiylaridan filmda uçraydigan aksessuarlar, misol uçun, "Yulduzli janglar" ramzi tuşirilgan gilamçalar, R2-D2 robotiga xos tovuşlar çiqaradigan tovuş kolonkasiga egaligi bilan ajralib turadi.

"Yulduzli janglar" filmining rejissyor Jorj Lukas tomondan suratga olingan, "Yulduzli janglar: Epizod IV: Yangi umid" deb nomlangan 1-qismi 1977 yilda ekranlarga çiqarilgan. Ayni vaqtgaça filmning 9 ta qismi ekran yuzini körgan. Filmning navbatdagi qismi namoyişi 2017 yil dekabriga belgilangan.

therealjeffuy