"Barselona" futbol jamoasi yulduzi Lionel Messi Suriyaning uruşdan vayron bölgan şaharlarining birida 1600 nafar bola uçun maktab qurdirdi. Bu haqida u özining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida ma'lum qildi.
"Leo Messi fondi YUNISEFga oldindan tayyorlangan 20 sinf xonasini Suriyaga örnatişga yordam berdi va şu orqali 1600 bolaning ta'lim oliş şaroitini yaxşiladi", - dedi Messi özining Facebook'dagi rasmiy sahifasida.

Manbaga köra, sinf xonalari barça zarur jihozlar bilan ta'minlangan, ularga öquv muhitini yaxşilaş maqsadida quyoş batareyalari örnatilgan.
Bunday maktablarga qatnaydigan öquvçilarning 60 foizdan ortiği uruş natijasida öz uyini tark etişga majbur bölgan oilalarda yaşaydi.
Olti yildan buyon davom etayotgan Suriyadagi uruş sabab mamlakatdagi şifoxonalar, maktablar va uylar vayron qilingan.
Ta'kidlaş joizki, Messi bundan avval ham Yaqin Şarqdagi xalqaro gumanitar kampaniyalarda iştirok etgan.











