Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirğiziston rahbari Almazbek Atambayev bilan telefon muloqoti ötkazdi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş töğrisida gaplaşdi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
Kreml tomonidan ma'lum qilinişiça, muloqot Rossiya tomoni taşabbusi bilan ötkazilgan.
"Vladimir Putin Almazbek Atambayevni Qirğiziston Respublikasi davlat bayrami - Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi. Ikki davlat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi", deyilgan xabarda.
Siyosatçilar muloqot davomida Ostonada 3-4 may kunlari ötkazilgan Suriya masalasi böyiça uçraşuvlarning törtinçi bosqiçi yakunlari haqida ham gaplaşişgan.
Rossiya, Eron va Turkiya vakillari uçraşuvidan keyin Rossiya Suriyada xavfsizlik hududlari taşkil etiş va xorijiy qöşinlarni kiritişni taklif etmoqda.
Xavfsizlik hududlarini Idlib viloyatida, Homsdan şimolda, şarqiy Guta va Suriya janubida taşkil etiş taklif etilmoqda. Ularning içkarisida qurol işlatiş taqiqlanadi, gumanitar taşkilotlar faoliyati uçun barça şaroitlar yaratiladi, ijtimoiy infrasturkturani tiklaş böyiça çoralar köriladi. Xavfsizlik hududlarining taşkil etilişi rasmiy idoralar işini tiklaş va qoçoqlar qaytişi uçun şaroit yaratiş imkonini beradi. Ularda xorijiy harbiy kontingentlar joylaştirilişi mumkin.












