Bugungi kunda ulğayib kelayotgan yoşlarning bilim darajasini yuksaltiriş, fanga bölgan qiziqişlarini oşiriş va tanlagan sohasi tomon töğri yönaltiriş har bir ta'lim maskanining eng ustuvor vazifasi hisoblanadi. Toşkent şahar Sergeli tumanidagi 300 sonli Davlat ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktabi qoşida ham iqtidorli öquvçilar salohiyatini aniqlab, ularni öz maqsadlari tomon ildam borişiga yordam beriş maqsadida «Kiçik akademiya» taşkil etilgan.

Bugun, 2017 yil 4 may kuni 300 maktabning «Kiçik akademiyasi» tomonidan 2016 2017 öquv yili yakuni böyiça an'anaviy ilmiy-amaliy hisobot festivali taşkil etildi. Mazkur tadbir «Fikrimiz, jasoratimiz, ijodimiz – senga, Vatan!» şiori ostida ötkazildi.

Festival fan olimpiadalari ğoliblari, ilmiy tadqiqotçilar va yoş sportçilarning tantanali çiqişi bilan boşlandi va Özbekiston madhiyasi yangradi.

«Kiçik akademiya» rahbari, Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi a'loçisi Malika Abdullayeva kiriş sözida 2016 2017 yillarda öquvçilar tomonidan qölga kiritilgan yutuqlar haqida örtoqlaşdi va barçani bugungi şodiyona kun bilan qutladi.

Festivalning asosiy qismida öquvçilar tomonidan ajoyib sahna körinişlari, jonli ijroda aytilgan diltortar kuy-qöşiqlar va raqslar namoyiş etildi.

Şuni qayd etiş joizki, «Kiçik akademiya»da tikuvçilik-töquvçilik sohasini yanada rivojlantirişni maqsad qilgan yoş dizayner qizlar ham tahsil oladi. Tadbir davomida ular tomonidan namoyiş etilgan “Milliy va zamonaviy liboslar defilesi” mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.

«Toşkent – mehmondöst şahar» şiori ostida sahnaga çiqqan Namangan, Xorazm, koreys, ozarbayjon, tojik va hindça raqslar guldastasi özining rang-barangligi bilan kötarinki kayfiyat ulaşdi.