Boks böyiça sobiq jahon çempioni, hozirda Kiyev şahri hokimi lavozimini egallab turgan Vitaliy Kliçko öz ukasi Vladimir va britaniyalik Entoni Joşua örtasidagi revanş jangi imkoniyati haqida fikrlarini bildirdi.
«Vladimirning Joşua bilan revanş jangi ötkaziladimi? Bir narsani aytmoqçiman: jangning özi – bu desert, uning ortida esa juda katta mehnat bor. Tasavvur qiling, 25 yil davomida har kuni zalga kelasiz va özingizni tayyorlab borasiz, rejimga amal qilasiz. Tabiiyki, kişi bundan çarçaydi. Biroq Vladimirda bunga xohiş bölsa, u öziga aytadi: "Men jangga çiqaman, Joşuani mağlub etiş uçun barçasini qilaman, hamda bu hayotimdagi eng muhim jang böladi”, - men esa öz ukamni har doim qöllab-quvvatlayman», - degan katta Kliçko.
Kiyev şahri hokimi sözlariga köra, u Vladimir ringga kötarilişi va Joşua bilan barça masalani hal qilişini istaydi.
Eslatib ötamiz, Vladimir Kliçko va Entoni Joşua örtasidagi jang Londonda 30 aprelga ötar keçasi bölib ötdi hamda unda britaniyalik 11-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozondi. 27 yoşli angliyalik oğir vazn toifasi böyiça Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Xalqaro boks taşkiloti (IBO) yönalişi böyiça jahon çempioni nomini qölga kiritdi. Jangdan söng har ikki boksçi revanş jangi bölişi mumkinligini istisno etmadi.












