8-9 may kunlari Markaziy Rossiya mintaqalarida havo keskin sovib, sovuq şamol esişi va yomğir yoğişi, ayrim joylarda qorga aylanişi mumkin. Rossiya Gidrometeomarkazi şunday xabar tarqatdi.
Faol siklon ta'sirida Rossiya Markaziy federal okrugiga nam va sovuq havo oqimi kirib keladi. 8 may kuni kunduzi va 9 may keçasi Tver, Smolensk, Kaluga, Tula, Ryazan, Moskva, Vladimir, Ivanov viloyatlarida hamda Yaroslav viloyati janubiy hududlarida kuçli yomğir yoğadi. Ayrim joylarda qorga aylanadi. Şu bilan birga, sinoptiklar 10-20 sm qalinlikdagi vaqtinçalik qor qoplaşi ehtimolini ham rad etişmayapti.
Bundan taşqari, Markaziy federal okrug şimolida havo harorati tungi vaqtda noldan pastga tuşadi, şu sababli yöllar sirpançiqqa aylanişi mumkin. aksar viloyatlarda şamol tezligi soniyasiga 15-20 metrni taşkil etadi.
Markaz xabariga köra, 1945 yil 9 may kuni ham Moskvada sovuq bölgan. Öşanda, havo harorati 7,6 daraja bölib, yomğir yoqqan.












