Jahonga maşhur rejissyor Devid Linç zamonaviy kinosanoatdan hafsalasi pir bölgani va 2006 yilda çiqqan töliq metrajli filmi – “Içki imperiya” eng sönggi asari bölib qolişini ma'lum qildi. Bu haqda The Sydney Morning Herald xabar bermoqda.
«Hammasi juda özgarib ketdi. Aksariyat yaxşi filmlar prokatda özini oqlayotgani yöq, men suratga olişni istamagan narsalar esa aksinça muvaffaqiyat qozonmoqda», - degan Linç.
Şu bilan birga, Linç rejissyor sifatida «Tvin Piks» serialining yangi mavsumini suratga oldi, u 25 yillik tanaffusdan söng yana katta ekranlarga qaytadi. Loyiha yangi qismlari premerasi Kann festivalida bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, Devid Linç nomzodi tört marta «Oskar» mukofotiga qöyilgan, 1990 yilda esa u Kann festivali ğolibi bölgan.












