Fransiyaning eng badavlat odami, LVMH konglomerati boş direktori Bernar Arno prezidentlik saylovlarida "Olğa" harakati yetakçisi Emmanuel Makronni qöllab-quvvatlamoqda. Bu haqda Business of Fashion naşri xabar bermoqda.
"Şubhasiz, men Emmanuel Makronga ovoz beraman", deb aytdi Arno. U, şuningdek, Makronning saylovlar böyiça raqibi, "Milliy front" yetakçisi Marin Le Penning saylov kampaniyasini tanqid qildi.
Milliarderning aytişiça, Le Penning iqtisodiy dasturi Fransiyaga "tuzatib bölmas tanazzul" bilan xavf solmoqda.
Avvalroq bu haftada yana 12 ta kompaniya yetakçisi Le Penga qarşi çiqib, uning siyosati Fransiyaga ziyon yetkazişini aytgandilar. Bungaça köpçilik top-menejyerlar saylov böyiça öz fikrlarini bildirmay kelayotgandilar.












