Angliya futbol assotsiatsiyasi «Mançester Siti»ning yoş futbolçilar bilan şartnoma imzolaşda qoidalarni buzgani uçun jamoani jazolaş böyiça qarorga keldi. Bu haqda Sky Sports naşri xabar tarqatdi.
Manbaga köra, FA «Siti»ga 18 yoşga tölmagan futbolçilarni akademiya uçun sotib olişni taqiqlab qöygan. Şuningdek, jamoa 300 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortilgan.
Eslatib ötamiz, «Mançester Siti» öz akademiyasiga «Everton»ning 11 yoşli va «Vulverhempton»ning 15 yoşli futbolçisini qöşib olişda qoidalarni buzganlikda ayblangan.
Oldinroq, FA «Liverpul»ni ham xuddi şunday jazoga tortgandi.












