Sir emaski, Xitoyda dunyodagi hamma narsaning nusxasini sotib oliş mumkin. Nokia 3310 (2017) qurilmasi sotuvga tayyorlanayotgan bir vaqtda malayziyalik ustalar telefonni klonlaşga kirişgan. PhoneArena şu haqida xabar berdi.
Tarmoqda paydo bölgan suratlarga qaraganda, Malayziyada bir neça çakana savdo qiluvçilar soxta Nokia 3310 telefonini sotişmoqda.
Manbalarga köra, bu qurilmalarning birinçi seriyasi Nokia logosiga ega bölmagan, şunçaki original Nokia 3310'ga juda öxşaş bölgan. Nokia'ning mamlakatdagi rasmiy distrbyutori Avaxx sotuvçilarga qarşi iş oçişni aytib tahdid qilişiga qaramay, vaziyat yanada yomonlaşdi.

Endi esa hammasi bundan-da "rasmiylaşdi". Nokia 3310 klonlarining ikkinçi tölqini yanada takomillaştirildi va hatto ekran ustida fin kompaniyasining logosi ham paydo böldi. Telefonlarning ekrani originaldan ança kiçik bölib, ular Nokia Series 30 UI boşqaruvida işlamasa-da, Nokia 3310'ga juda öxşab ketadi.












