Xonqalik Jasur Sobirov (ism-familiyalar özgartirilgan) tiş davolaş xususiy korxonasi taşkil qilib, 2015 yil 22 iyulda Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligidan litsenziya olgan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Özi “ortopedik stomatologiya” yönalişi böyiça örta maxsus ma'lumotlar egaligi, tişi oğrigan bemorlarga stomatologik xizmat körsatiş vakolatiga ega bölmaganligi tufayli, vraç-stomatolog N.Azizovani göyoki xususiy muassasada faoliyat yuritadi, qabilida körsatiş uçun uni rasman işga olgan va statistik, soliq hisobotlarida bu qayd qilib kelingan. Amalda esa N.Azizova tibbiyot muassasasiga oyda bir yoki ikki marta taşrif buyurardi, xolos. Bemorlarni esa J.Sobirovning özi davolab kelardi.
Xalqimizda “misi çiqdi”, degan ibora bor. Bu soxtalik bir kuni foş qilinişidan dalolatdir. J.Sobirovning ham vakolati bölmagan, bilimi yetmagan faoliyat bilan şuğullanişi özining salbiy ta'sirini körsatdi. Uning huzuriga taşrif buyurgan bemor S.Sapayeva keyinçalik olti oy davomida boş va tiş oğriğidan aziyat çekişga, uzluksiz ravişda oğriq qoldiruvçi dorilar qabul qilişga majbur böldi. Oxir-oqibat, oliy ma'lumotli vraç-stomatolog huzuriga borganida, şifokor unga tişi umuman yaroqsiz ahvolga kelib qolganligi, uni faqat suğurib taşlaş mumkinligini aytdi. Tişini suğurib olgaç esa, tiş ostida igna siniği qolib ketganligini körgan şifokor unga huquq-tartibot idoralariga murojaat qilişni tavsiya qildi. Andişaga borib, S.Sapayeva şikoyat yozişni lozim topmadi. Biroq malakali vraç tomonidan yozilgan va taqdim qilingan ambulator xulosalari huquq-tartibot xodimlarini uşbu holatga jiddiy yondaşişga undadi. J.Sobirovga nisbatan jinoyat işi qözğatildi va tergov jarayonida holat atrofliça örganildi, tahlil qilindi.
Sud hukmi bilan J.Sobirov tegişli jazoga tortildi va muayyan huquqlardan mahrum qilindi.











