Rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov 2017 yil holatiga köra, Buyuk Britaniyaning eng badavlat odamlari yuqori beştaligiga kiritildi.

"Metalloinvest" kompaniyasi egasi va Londonning "Arsenal" futbol klubi aksiyadori hisoblanmiş Usmonovning boyligi 15,3 mlrd dollarga baholangan.

The Sunday Times naşri tomondan tuzilgan The Sunday Times Rich List 2017 röyxatining eng yuqori poğonasini bank va restoran biznesi bilan şuğullanuvçi, hind millatiga mansub aka-uka Şri va Gopi Hindujalar (16,2 mlrd funt sterling) egalladilar. Ular Hinduja Group korporatsiyasiga egalik qilişadi.

2-örinni Sobiq ittifoqdan 1978 yilda AQŞga migratsiya qilgan Leonard Blavatnik (15,98 mlrd funt sterling) egalladi. U Warner Music Group kompaniyasi va dunyoda polipropilen işlab çiqaruvçi eng yirik korxona LyondellBasell Industries NV’ni nazorat qiluvçi Access Industries xolding kompaniyasi asosçisi va raisi hisoblanadi.

3-örinni esa aka-uka Devid va Saymon Rubenlar (14 mlrd funt sterling) egallamoqdalar. Kelib çiqişi hindistonlik bölgan Rubenlar naşrning avvalgi yilgi reytingiga boşçilik qilgandilar.

Ta'kidlaş joiz, uşbu röyxatning 13-poğonasidan yana bir rossiyalik tadbirkor, "Çelsi" klubi egasi Roman Abramoviç örin oldi.

Sky News naşrining ma'lum qilişiça, röyxatdan hammasi bölib 134 kişi örin olgan. Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda Buyuk Britaniyada uning tarixidagi eng köp sondagi milliarderlar mavjud.  

Reytingga kiritilgan barça milliarderlarning umumiy boyligi 658 mlrd funt sterlingga baholangan va bu miqdor 2016 yilgi körsatkiçdan 14 foizga köproqni (575 mlrd funt sterling) taşkil qilgan.