Fransiya prezidentligiga nomzodlar saylovda ovoz berişdi. BFM TV telekanali xabariga köra, Milliy front partiyasidan nomzod bölmiş Marin Le Pen Enen-Bomon kommunasidagi saylov uçastkasida ovoz bergan.
Aynan şu uçastka oldida biroz avvalroq Femen faollari aksiya ötkazişgandi.

Emmanuel Makron rafiqasi Brijit Makron bilan birga Le-Tuke şahridagi saylov uçastkasiga taşrif buyurgan.

Bundan oldinroq mamlakat prezidenti Fransua Olland va mamlakat boş vaziri Bernar Kaznev ovoz bergandi.
Ayni vaqtga kelib, uçastkalar oçilganidan 4 soat vaqt ötganida saylovda davomat 28,23 foizni taşkil qilmoqda — bu 2012 yildagi körsatkiç (30,66 foiz) va 2007 yildagi körsatkiçdan (34,11 foiz) kam. Bu ma'lumot IIVning rasmiy tvitterida ma'lum qilingan. Birinçi turda kunning bu vaqtiga kelib davomat 28,54 foizni taşkil etgandi. Kun oxiriga borib davomat 75 foizni taşkil etişi, şu tariqa 1969 yildan buyon eng past körsatkiç qayd etilişi kutilmoqda.
Election #Presidentielle2017 28,23 %: taux de participation à 12h pour le 2nd tour en 🇫🇷 métropolitaine (30,66 % en 2012 et 34,11 % en 2007) pic.twitter.com/hNXPJjMMy2
— Ministère Intérieur (@Place_Beauvau) May 7, 2017












