Fransiyada mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toşkent vaqti bilan soat 11:00) mamlakat prezidentligi uçun saylovlarning ikkinçi turi boşlandi.

Davlat rahbari lavozimi uçun «Marşga!» harakati yetakçisi Emmanuel Makron va Milliy front partiyasi rahbari Marin Le Pen kuraş olib boradi.

Birinçi turda Makron 24 foiz bilan ustunlik qilgan, ikkinçi yaxşi natijani Le Pen 21 foiz olgan holda körsatgan edi.

Bundan avvalroq Fransiyaning dengizorti hududlarida ovoz beriş jarayoni boşlangandi. Fransiyaning asosiy şaharlarida saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00da yopiladi (Toşkent vaqti bilan soat 23:00).

Saylov natijalari haqidagi ma'lumotlar mamlakatdagi oxirgi saylov uçastkasi yopilganidan söng e'lon qilinişi boşlanadi. Bu qoida buzilişiga nisbatan 75 ming yevro miqdorida jarima tayinlanadi.

Fransiya prezidenti 5 yil muddatga saylanadi va u faqat bir marta qayta saylanişi mumkin.