Fransiyaning dengiz ortidagi hududlarida prezident saylovining ikkinçi turi natijalariga köra Emmanyuel Makron ustun keldi. Bu haqda işonçli manbasiga asoslangan holda Belgiyadagi Le Soir gazetasi xabar berdi.

Naşrning qayd etişiça, Sen-Per va Mikelon dengiz orti jamoatida Makron 63,3 foiz ovozni qölga kiritdi, «Milliy front» partiyasidan nomzod Marin Le Pen esa 36,7 foiz ovozga ega bölib turibdi. Sen-Martenda Makron 67,6 foiz, Le Pen esa 32,4 foizga egalik qilib turibdi. Fransiya Gvianasida Makron va Le Penning körsatkiçlari tegişli ravişda 65 va 35 foizni taşkil qilmoqda. Nihoyat, Martinika orolida Makron 77,5 foizlik körsatkiç bilan yetakçilik qilmoqda, Le Pen xonim esa 22,5 foiz ovozga ega.

Tilga olingan hududlarda ovoz beriş soat kamarlaridagi tafovut tufayli ilgariroq bölib ötdi.

AQŞ va Kanadada istiqomat qiluvçi Fransiya fuqarolari orasida Makronni qöllab-quvvatlovçilar uluşi yanada köproqni taşkil etmoqda: Nyu-Yorkda u 94,7 foiz (Le Pen — 5,3 foiz), Çikagoda 92 foiz (Le Pen — 8 foiz), Bostonda 95,7 foiz (Le Pen — 4,3 foiz), Ottava va Monrealda 90 foiz (Le Pen — 10 foiz) ovozni qölga kiritdi.

Paris Match, CNews va Sud Radio buyurtmasiga köra Ifop-Fiducial tomonidan ötkazilgan sörovnomaning 5 may kuni e'lon qilingan natijalariga köra saylovda Emmanyuel Makron Marin Le Penni 63 foizga 37 foiz farqi bilan ortda qoldirişi prognoz qilingan.