Angliya premer-ligasining 36-turidan örin olgan yana bir uçraşuvda «Mançester Siti» öz uyida «Kristal Pelas»ni qabul qildi.

Uçraşuvning 2-daqiqasidayoq hisob oçildi. David Silva «Siti» tarkibidagi özining 50-golini kiritib jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi.

Ikkinçi bölimning boşida Vensan Kompani Kevin de Bryuynening pasidan keyin 1,5 yillik tanaffusdan söng ilk marta «Etihad»da gol kiritişga muvaffaq böldi. 59-daqiqada endi de Bryuynening özi farqni yiriklaştirdi. 82-daqiqda Rahim Sterling hisobdagi farqni 4taga yetkazgan bölsa, ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Kevin de Bryuyne özining APL bu mavsumida 15-golli pasini amalga oşirdi. Nikolas Otamendining boş bilan bergan zarbasi öyinga yakuniy nuqtani qöydi.

Natijada Gvardiola APL joriy mavsumidagi eng yirik ğalabasini qölga kiritib, oçkolari sonini 69taga yetkazib oldi va 3-öringa kötarildi.

Angliya premer-ligasi, 36-tur

Mançester Siti – Kristal Pelas 5:0 (1:0)
Gollar: Silva (2), Kompani (49), de Bryuyne (59), Sterling (82), Otamendi (90+2).
Mançester Siti: Kabalero, Kompani, Otamendi, Klişi, Sterling, Silva (Sabaleta, 68), Fernandino, de Bryuyne, Ture, Sane (Navas, 84), Gabriel Jyezus (Ixeanaço, 84).
Kristal Pelas: Hennessi, van Anxolt, Kelli (Dileyni, 76), Uord, Milivoyeviç (Flamini, 67), Zaa, Makartur, Taunsend (Li Çun Yun, 57), Pançon, Şlupp, Benteke.
Ogohlantirişlar: Kelli (4), Kompani (33), Milivoyeviç (52), Dileyni (90+1).