Falastinning XAMAS harakati siyosiy byurosiga saylovlar natijalariga köra harakat yetakçisi Xolid Maş'al örniga Ismoil Xaniya saylandi.
XAMAS vakillari ma'lumotlariga köra, ovoz beriş Ğazo sektori va Qatar poytaxti Doha örtasida videoanjuman tartibida ötkazilgan. Harakat yetakçisi lavozimiga, şuningdek, Muso abu Marzuk va Muhammad Nizal ham da'vogarlik qildilar.
Xaniya 2013 yildan beri XAMAS yetakçisi örinbosari lavozimini egallab kelayotgandi.
Taxmin qilinişiça, Isroil tomondan xavf saqlanib qolayotgani sababli, XAMAS yetakçisi Ğazo sektoridan taşqarida qoladi.












