«Kopenhagen» klubi milliy birinçilik çempionlari pley-offi 6-turida «Norşellann» bilan durang natija qayd qilib, muddatdan avval Daniya çempioniga aylandi. Uçraşuv Farumdagi «Farum Park» stadionida bölib ötdi va 1:1 hisobida yakunlandi. Uçraşuvda «Kopenhagen» taqdirini hal qilgan golni Andreas Kornelius 2-bölim örtalarida kiritdi.
Daniya çempionatining yakunlanişiga 4 tur qolganda, «Kopenhagen» 78 oçko töplab, öziga birinçi örinni ta'minlab qöydi: 2-örinda ketayotgan «Brondbyu» undan 16 oçko ortda qolmoqda va endi xarçand urinmasin, poytaxt klubiga yetolmaydi.
«Kopenhagen» tarixda ön ikkinçi va ketma-ket ikkinçi marotaba mamlakat çempioni unvonini qölga kiritdi.
Daniya Superligasi. Çempionlar pley-offi. 6-tur
Norşellann – Kopenhagen – 1 : 1
Gollar: 1:0, Ingvartsen (39); 1:1, Kornelius (66)












