Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Kopenhagen yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Centrum Air xususiy milliy aviakompaniyasining Xalqaro savdo bo‘yicha direktori Salah Kadri, Skandinaviya mamlakatlari bo‘yicha bosh savdo menejeri Ibraxim Ramadan va kompaniya ekspertlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Shimoliy Yevropa davlatlari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish hamda sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.
2025 yil oktyabr oyidan boshlab ushbu aviakompaniya tomonidan "Toshkent – Kopenhagen – Toshkent" yo‘nalishi bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yilayotgani, Markaziy Osiyo va Skandinaviya davlatlarini keng targ‘ib qilish, jumladan qo‘shma turizm va madaniy tadbirlarni tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Hamkorlik doirasida Shimoliy Yevropa mintaqasidagi yirik xalqaro sayyohlik yarmarkalarida tegishli taqdimotlar o‘tkazish hamda skandinaviyalik mashhur bloger va jurnalistlardan iborat guruhning O‘zbekistonga press-turini amalga oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
11:20 / 13.07.2026
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026