Fransiya prezidenti Fransua Olland Emmanuel Makronning "Olğa" harakati elektron poçtasiga ehtimoliy xakerlik hujumida vaziyatni "beqarorlaştiriş"ga urinişlarni körmayotganini aytdi va bu holat yuzasidan tergov natijalarini kutib qolişga çaqirdi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi. 

Bundan avval Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Makron jamoasi harakat vakillarining elektron poçtalari buzib kirilganini va buning oqibatida ma'lumotlar öğirlangan bölişi mumkinligini ma'lum qilgandi. 

"Agar haqiqatan ham buzib kiriş yoki ma'lumotlarni qölga kiritiş yuz bergan bölsa, unda muayyan jarayonlar amalga oşiriladi", deb aytdi Olland va gap qanday çoralar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Prezidentning aytişiça, hukumat xakerlik hujumlari amalga oşirilişi mumkinligiga Makron ştabi poçtasiga buzib kirilgani haqidagi axborot paydo bölgandan avvalroq ham e'tibor qaratgan. "Heç narsa javobsiz qolmaydi", deb aytdi Olland va tergov natijalarini kutişga çaqirdi.