Avval xabar qilinganidek, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 may kuni Toşkent şahrining Yaşnobod tumaniga taşrif buyurdi. Davlat rahbari mazkur taşrifi davomida kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi.
Davlatimiz rahbari poliklinikaning iş tartibi bilan qiziqdi. Muassasaning samaradorligini oşiriş, uylarga çiqib, aholiga patronaj xizmati körsatişni yanada kuçaytiriş zarurligini ta'kidladi. Mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etiş, poliklinikani ta'mirlaş va aholi uçun qulayliklarni oşiriş, mobil tibbiy yordam qamrovini kengaytiriş böyiça körsatmalar berdi. Şavkat Mirziyoyev mazkur poliklinikaning boş şifokori Ruzmetova Lola Mirazizovna bilan bölib ötgan suhbatda aholi orasida tibbiy madaniyatni oşiriş, şifokorlar uyma-uy yurib odamlarda bu könikmani paydo qilişga, qaysi mavsumda qanday taom yeyişigaça, salomatlikni saqlaş uçun nimalarga ahamiyat qaratiş kerakligi haqida söz yuritdi.
Prezidentning mana şu gapi e'tiborimni öziga tortdi. Haqiqatan ham tibbiy madaniyatni oşiriş bugungi zamonning, yana bir bor qaytaraman bugungi zamonning eng dolzarb talablaridan biridir. Poytaxt aholisini bilmadim, viloyatlarda va çekka hududlarda istiqomat qiluvçi aksari odamlar bunga amal qilmaydi. Natijada, prezident aytganidek, salomatlikka putur yetadi, turli maşmaşalar boşlanadi.
Oddiy misol tariqasida aytib ötişim mumkinki, köpçilik odamlar xarid qilayotgan mahsulotlarining salomatlikka neçoğlik ta'siri bor-yöqligiga unça ahamiyat qaratişmaydi. Yoki sotib olişayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlili muddati bilan deyarli qiziqişmaydi (ayniqsa, viloyatlarda bu hol köp kuzatiladi). Badantarbiyaning inson salomatligiga juda katta foydasi borligi haqida bundan ming yillar muqaddam turli olimlar aytib ötişgan. Ammo buni köpçilik öz hayotida qöllamaydi. Bularning barçasi tibbiy madaniyatga kiradi.
Ana şu madaniyatni tuşuntiruvçi kişilar esa, prezident ta'kidlaganidek, şifokorlar, oilaviy poliklinika xodimlaridir. Masalan, men farzand kutyapman. Xudoga şukur uyimda internet bor va u orqali turli manbaalardan foydalangan holda homilador rafiqamga körsatmalar berib turaman. Ammo interneti bölmagan yoki bunday ma'lumotlarga ega bölmagan boşqalar-çi? Ularga kim nimani örgatib turadi? Ota-ona dersiz, ammo içki tibbiy madaniyat bölmasa, ular örgatayotgan muolajalar ham qadrsiz bölib qoladi.
Aytmoqçi bölganimiz şuki, oilaviy poliklinikada işlovçi boş şifokorlar, mas'ul xodimlar uyma-uy yurib yoki umumiy yiğilişlar ötkazib, odamlarga tibbiy madaniyat haqida, salomatlik haqida öz vaqtida amaliy işlar olib borişsa yaxşi bölardi. Bu şunçaki uyga kelib, “yaxşimisiz, falonçi soğayib qoldilarmi, qon bosimizni körib beray”, degani emas, haqiqiy, professionallarça yondaşuv bölsa, barça uçun birdek yaxşi böladi.











