«Şaxtyor» Ukraina premer-ligasi çempionati pley-offining 6-turida «Zarya»ni yutib, öziga çempionlik unvonini ta'minlab qöydi. Uçraşuv Xarkovdagi «Metallist» stadionida bölib ötdi va 3:2 hisobi bilan yakunlandi.
Uçraşuvga mezbonlik qilgan «Şaxtyor»da gollarni öz hisoblariga Fakundo Ferreyra, Ismaili va Ivan Ordets, «Zarya»da esa Igor Xaratin va Emmanuel Dennis yozib qöydilar.
«Şaxtyor» 75 oçko töplab, öziga 1-örinni kafolatlab qöydi. 2-örinda borayotgan Kiyevning «Dinamo» klubi undan 17 oçko ortda qolmoqda, biroq zaxirada bir öyinga ega. «Zarya» 42 oçko bilan 3-örinni egallamoqda.
Şu tariqa «Şaxtyor» Ukrainaning 10 karra çempioniga aylandi, uning asosiy raqibi «Dinamo» esa bu oliy unvonga 15 marta sazovor bölgan.
Ukraina premer-ligasi. Çempionlar pley-offi. 6-tur
Şaxtyor – Zarya – 3 : 2
Gollar: 1:0, Ferreyra (38); 2:0, Ismaili (52); 3:0, Ordets (55); 3:1, Xaratin (80); 3:2, Dennis (88).












