Butunjahon boks kengaşi (WBC) versiyasi böyiça -72,6 kilogramm vazn toifasida jahon çempioni, meksikalik boksçi Saul Alvares öz vatandoşi Xulio Sezar Çaves-kiçkinani mağlubiyatga uçratdi.
74,5 kilogramm vazn toifasidagi uşbu jang Las-Vegasda bölib ötib hakamlar ğalabani bir ovozdan Alvaresga berişdi (120:108).
26 yoşli Alvares bu jang uçun 5 million dollar işlab oldi, 31 yoşli Çavesning uluşi — 3 million.
Alvaresning körsatkiçi endi 49 ğalaba (34 nokaut), bir mağlubiyat (2013 yilda Floyd Meyuezerdan) va bir durang. Çaves öz faoliyatida 50 jangni ğalaba bilan yakunlagan (32 nokaut), 3 marta mağlub bölgan va bir jangda durang qayd etilgan.
Endi Alvares şu yilning kuzida qozoğistonlik Gennadiy Golovkinga qarşi jang ötkazişi kerak böladi.












