IŞID terrorçilik guruhi yetakçisi Abdul Hasib Afğoniston va AQŞ harbiylarining 27 apreldagi birgalikdagi operatsiyasi davomida yöq qilingan. Bu haqda AQŞ qurolli kuçlarining Afğonistondagi qömondoni Jon Nikolsonga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bu muvaffaqiyatli birgalikdagi operatsiya IŞIDni yöq qiliş böyiça kampaniyamizda muvaffaqiyatga erişişimizdagi navbatdagi qadamdir", deb aytdi Nikolson.
Avvalroq Hasibning yöq qilinganini Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani ma'lum qilgandi.
Afğoniston hukumati Hasibni mamlakatda bir neça teraktlarni taşkillaştirişga aloqador deb hisoblagan. Ma'lum qilinişiça, aynan Hasib Kobuldagi harbiy gospitalga hujum qilişga buyruq bergan. Bu hujum oqibatida önlab tibbiyot xodimlari halok bölgandi.












