Balki, siz Bugatti Chiron eng qimmat maşina deb öylarsiz? Agar şunday fikrda bölsangiz, yanglişasiz. Quyidagi avtomobillar şinasining puliga hatto bir neçta avtomobil xarid qiliş mumkin! Demak, tanişing, tarixdagi eng qimmat avtomobillar röyxati.
Ferrari 250 LM

Uşbu model Le-Mandagi poyga, aniqroği, ğalaba uçun işlab çiqilgan. U ilk örta motorli Ferrari avtomobillaridan biri hisoblanadi. 250 LM 1965 yilgi 24 soatlik poygada 1- va 2-örinlarni egallagan. U öşanda prototiplar yönalişi böyiça qatnaşgan, çunki GT tasnifiga kiriş uçun 100 dona şunday maşina işlab çiqariş zarur bölgan. Ferrari bu avtomobildan atigi 32ta işlab çiqargan. Suratdagi nusxasi 2015 yili 17 million 600 ming dollarga sotilgan.
Ferrari 250 GT LWB California Spider Competizione

Spider Competizione –Ferrari firmasi işlab çiqqan noyob va çiroyli rodsterlaridan biridir. Undan atigi 9 dona işlab çiqilgan. Ularning har biri poygalarda ajoyib natijalarni körsatgani e'tiborga olinsa, qiymat kötarila boşlaydi. Suratdagi maşinaning yurgan masofasi deyarli poygalarga töğri keladi. Şu bilan birga, turli körgazmalarning mukofotlariga ega. Narxi ham şunga yaraşa – 18 million 150 ming dollar.
Ferrari 375-Plus Spider Competizione

Eng qimmat maşinalardan biri bölgan Ferrari 375-Plus Spider Competizione Mille Miglia poygasida iştirok etişi uçun maxsus işlab çiqilgan. Biroq 1954 yilgi musobaqada ikkinçi örinni olgan. Şunga qaramay, uşbu maşinaning yangi egasi uning uçun 18,4 million dollarning bahridan voz keçgan.
Ferrari 250 GT SWB California Spider

Qisqa asosli 250 GT SWB California Spider şundoq ham noyob avtomobillar sirasiga kiradi. Uşbu qizil rodsterni bemalol öziga xos deyiş mumkin, çunki u Fransiyada deyarli yurmagan holda topildi. Uning egasi Robert Beyllon ajoyib avtomobilni şaxsiy muzeyida namoyiş etgan. Uning vafotidan söng, muzey qisqartirilgan, maşinalarning sezilarli qismi kimoşdi savdosiga qöyilgan edi. California 2015 yilda 18,5 mln dollar evaziga yangi egasining mulkiga aylandi.
Alfa Romeo 8C 2900B Lungo Spider

Ha, noyob sport maşinalari orasida faqatgina Ferrari qimmat turmaydi. Alfa Romeo 8C 2900B Lungo Spider maşinasidan atigi 12 dona işlab çiqarilgan bölib, bugungi kungaça bir neça donasi yetib kelgan. Lungo Spider uçun 8S modeli asos bölgan. U bir qatorli 8 silindrli, 2,9 l hajmli dvigatel bilan jihozlangan. Kuzovini Touring atelesi ustalari işlab çiqişgan. Uning xarid qilişga urinib köriş uçun sizda kamida 19 million 800 ming dollar bölişi kerak.
Jaguar D-Type

D-Type 1955 va 1957 yillarda Le-Manda ötkazilgan bir kunlik poygalar ğolibi bölgan edi. Suratdagi model 1956 yili Şotlandiya poygasida Ecurie Ecosse jamoasida iştirok etib ğalaba qozongan. Keyinçalik, uni avtomobil kolleksioneri xarid qilgan. Endilikda uning narxi 21 million 780 ming dollarga teng ekani aytilmoqda.
Ferrari 275 GTB/C Speciale

Ferrari’ning avtosportga muhabbatini tasdiqlovçi yana bir namuna. Biroq u musobaqalarda biror marta ham iştirok etmagan. Şu sababli, ekspertlar uning bu qadar qimmat turişini izohlay olişmayapti. Balki, ajoyib alyuminiy kuzovi, 3 litrli V12 motori va kam yurgani e'tiborga olingandir. 275 GTB/C Speciale kimoşdi savdosida 26 million 400 ming dollarga sotildi.
Ferrari 275 GTB/4 S NART Spider

Ötgan asrning 50-60-yillarida AQŞda bölib ötgan musobaqalarda hamda oddiy yöllarda harakatlaniş uçun North American Racing Team (NART) jamoasi Ferrari firmasiga bir neçta poyga va oddiy maşinalarga buyurtma berdi. Qizil 275 GTB/4 S aynan oddiy yöllar uçun möljallab işlab çiqarilgan. Keyinçalik, rodsterni Stiv MakKuin xarid qilib, «Tomas Kraun firibi» filmida öz maşinasini boşqarib, suratga tuşgan. Endilikda, uşbu tarix vakili 27 500 000 dollar turadi.
Ferrari 290 MM

1956 yilgi Mille Miglia poygasida ğalaba qozongan bu qizil maşinada öz davrining iqtidorli piloti Xuan Manuel Fanxio iştirok etgan. Şunga köra, bunday maşina arzon turmasligi aniq. Dunyoda bu maşinadan atigi 4 dona bölib, eng qimmati suratdagi avtomobildir. Uning bugungi kundagi eng past qiymati 28 million 50 ming dollar turadi.
Mercedes W196

Eng qimmat bolidlar uçligini 1954 yilda Germaniya va Şveytsariya Grin-prilarini qölga kiritgan Xuan Manuel Fanxio maşinasi boşlab beradi. «Kumuş öq» 2013 yilda 29 mln 600 ming dollar evaziga özining yangi egasi mulkiga aylangan edi. Bu pul evaziga ulkan Wider yaxtasini xarid qiliş, qaytimiga yana Mercedes-AMG GT R maşinasidan 6 donaga yaqin xarid qiliş mumkin.
Ferrari 335 Sport Scaglietti

2016 yila qizil Ferrari 355 Sport Scaglietti tarixdagi eng qimmat ikkinçi avtomobil bölgani bilan soha ixlosmandlarining e'tiborini tortdi. Maşina sönggi 40 yil mobaynida bir kişiga qaragan, avvalroq, Piter Kollins va Moris Trentinyanlar poygalarda ayni maşinani boşqarişgan. U Mille Miglia poygasida qatnaşganida Volfgang fon Trips boşqaruvida bölgan. Şunday boy tarixga ega avtomobil 35 million 700 ming dollarga baholangan.
Ferrari 250 GTO

Ha, dunyoda Ferrari 250 GTO modelidan boşqa eng köp qidirilgan va noyob avtomobil yöq. U özi iştirok etgan deyarli barça poygalarda yetakçi böla olgan. 250 GTO maşinasidan atigi 39 dona işlab çiqarilgan. Ularning bugungi kungaça yetib kelganlari bir neça million turadi. Kimoşdi savdosida sotilgan maşinalar orasida eng qimmati sifatida esa Jo Şlesser, Paolo Kolombo va Anri Oreyyelar boşqargan avtomobil bölib turibdi. Uning narxi oz emas, köp emas, naqd 38 million 115 ming dollar turadi.











