Fransiya prezidentligi uçun saylovlardagi kutilmagan va syurprizlarga töla bölgan saylov kampaniyasi heç qanday syurprizsiz yakunlandi – “Olğa” harakati yetakçisi, mamlakat sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron yangi davlat rahbariga aylandi.

Fransiya IIVning sönggi ma'lumotlariga köra, 34 millionta byulleten (95 foiz) örganib çiqildi. Makron uçun saylovçilarning 65,48 foizi ovoz bergan bölsa, uning raqibasi – “Milliy front” partiyasi yetakçisi Marin Le Penga – 34,52 foiz.

Beşinçi respublikada prezidentlik saylovlari 11-marta ötkazildi. Davlat rahbari töğridan-töğri yaşirin ovoz beriş yöli bilan beş yilga saylanadi, saylovlarda 18 yoşdan katta bölgan fuqarolar – taxminan 47 million saylovçi iştirok etişi mumkin. Öz lavozimidan ketayotgan Fransua Ollandga qadar davlat rahbari sifatida Şarl de Goll, Jorj Pompidu, Valeri Jiskar d'Esten, Fransua Mitteran, Jak Şirak va Nikolya Sarkozi işlagan.

Makronning özi kim?

Foto:  RIA Novosti

Makron Fransiyaning yangi tarixidagi eng yoş prezidenti böldi – u 39 yoşda. U Fransiyadagi eng nufuzli öquv muassasalaridan biri - Sciences-Po Parij siyosiy tadqiqotlar Institutini tamomlagan, şundan söng ENA Milliy ma'muriyatçilik maktabida tahsil olgan. Makron falsafa magistri sanaladi, şuningdek, nemis idealisti, dialektika asosçisi Georg Gegel haqida falsafa böyiça ilmiy iş yozgan.

Makron 2008 yilda Rothschild & Cie bankiga işga kelib, ikki yildan söng unda boşqaruvçi şerik lavozimiga qadar kötarilgan. U bankda işlagan vaqti uç million yevrodan ortiq mablağ işlab topdi, söngra siyosiy faoliyatini boşladi. 2012 yilda u prezident Fransua Olland huzuridagi boş kotib örinbosari etib tayinlandi. Ikki yil ötib bu lavozimdan ketdi hamda 36 yoşida Fransiya iqtisodiyot, sanoat va raqamli texnologiyalar vaziri böldi.

Makron davlat rahbari lavozimiga öz nomzodini qöyişi haqida 2016 yilning noyabrida ma'lum qildi. Avvalroq, öşa yilning aprelida u En Marche! ("Olğa") harakatiga asos soldi. Makron bir yil davomida undan heç kim kutmagan işni qila oldi – jamoatçilik sörovlarida kutilmaganda yetakçi pozitsiyaga çiqib oldi.

Kampaniya