"Olğa" harakati asosçisi Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqiçida 65,82 foiz ovoz bilan ğalaba qildi. Bundan Fransiya içki işlar vazirligi taqdim qilgan yakuniy ma'lumotlar darak bermoqda.
35 mln ta (98,26 foiz) byulleten körib çiqilgandan keyin Makronga 20,4 mln saylovçi ovoz bergani ma'lum böldi.
"Milliy front" partiyasi yetakçisi Marin Le Pen 10,6 mln (34,18 foiz) ovoz töpladi va öz otasi Jan-Mari Le Penning natijalarini deyarli 2 barobarga yaxşilay oldi. Jan-Mari Le Pen 2002 yilgi prezidentlik saylovlarida 5,5 mln fransuzning ovozini olib, Jak Şirakka mağlub bölgandi.
Joriy saylovlarda 3 mln fransuz norozilik sifatida heç qaysi bir nomzodni tanlamagan, 1 mln ta byulleten esa buzib qöyilgan.
Le Pen mamlakatning 101 departamentidan bor-yöği 2 tasidagina ğalaba qozona oldi. U Pa-de-Kale departamentida 52,04 foiz, Enada esa 52,91 foiz ovoz töplay olgan. Qolgan barça departamentlarda Makron yetakçilik qilgan.












