"Milliy front" yetakçisi Marin Le Pen Fransiya prezidenti saylovlaridagi raqibi, "Olğa" harakati yetakçisi Emmanuel Makronni saylovlardagi ğalaba bilan qutladi hamda öziga ovoz bergan barçaga minnatdorçilik bildirdi.      

"Frantsuzlar yangi prezidentni saylaşdi, avvalgi yönalişning davom etişi uçun ovoz berişdi. Men janob Makronga saylangani bilan tabriklaş uçun qönğiroq qildim. Menga öz ovozini bergan va işonç bildirgan 11 million fransuzga, meni butun prezidentlik kampaniyasi davomida qöllab-quvvatlagan va hamrohlik qilgan barça tarafdorlarimga minnatdorçilik bildiraman.

Yakuniy natijalarga köra, Makron 65,82 foiz ovoz bilan ğalaba qildi, Le Pen esa 34,18 foiz ovoz töplaşga muvaffaq böldi.