Fransiya prezidentligi uçun 7 may kuni bölib ötgan saylovlar natijasiga köra ğalaba qozongan Emmanuel Makron iqtisodiyot, demokratiya va xavfsizlikni mustahkamlaş mamlakat oldida turgan asosiy vazifalar ekanini bildirdi. U prezidentlik saylovidan keyingi ilk bayonotida şu haqda söz yuritdi.
Avval xabar berganimizdek, "Olğa" harakati asosçisi Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqiçida 65,82 foiz ovoz bilan ğalaba qildi.
35 mln (98,26 foiz) byulleten körib çiqilgandan keyin Makronga 20,4 mln saylovçi ovoz bergani ma'lum böldi.
"Milliy front" partiyasi yetakçisi Marin Le Pen 10,6 mln (34,18 foiz) ovoz töpladi va öz otasi Jan-Mari Le Penning natijalarini deyarli 2 barobarga yaxşilay oldi.












