Fransiyaning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makron özining ilk davlat taşrifini Germaniyaga amalga oşiradi. Buni “Demokratik harakat” partiyasi vakili va yevrodeputat, “Olğa” harakati yetakçisini qöllab-quvvatlovçi Silvi Gular CNews telekanali efirida tasdiqladi.
"Emmanuel Makron prezident sifatidagi ilk taşrifini Germaniyaga amalga oşiradi", - dedi Gular.
Makron saylovoldi kampaniyasi vaqtida saylovlarda ğalaba qozonsa, öz taşqi siyosiy faoliyatini aynan şunday qadam bilan boşlaşi haqida bir neça bora aytib ötgandi. Emmanuel Makron yakşanba kuni, saylov natijalari e'lon qilinganidan söng Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qilgan. Uning harakati vakillarining ma'lum qilişiça, suhbat “juda iliq tarzda” ötgan.
France-Presse agentligi ma'lumotiga köra esa, Makronning Berlinga taşrifi “qisqa muddatli” böladi.












