Fransiyaning "Milliy Front" partiyasi asosçisi va sönggi prezidentlik saylovi nomzodining otasi Jan-Mari Le Pen ikkinçi tur prezidentlik saylovlarida qizining ğalaba qozonişiga xalaqit qilgan sabablarni ma'lum qildi. Reyter agentligi şu haqda yozmoqda.

Siyosatçining sözlariga köra, prezidentlik saylovining qizi zarariga tugaşi, Marin Le Penning Yevropa valyutasi va Fransiyaning YeIga a'zoligi borasidagi qaraşlari tufaylidir. Jan-Mari Le Penning fikriga köra, qizi saylovoldi kampaniyasi çoğida demografiya hamda ommaviy migratsiya muammolariga köproq e'tibor berişi kerak edi. 

Bundan avvalroq, Jan-Mari Le Pen qizi Marin Le Penning omadi kelmaganida "Milliy Front" vitse-prezidenti Florian Filipponi ayblagan, uni qizining saylovlardagi mağlubiyati uçun "asosiy javobgarlardan biri" deb atagan edi. 

Eslatib ötamiz, Fransiya prezidentligi uçun 7 may kuni bölib ötgan ikkinçi tur saylovlarda 65,82 foiz ovoz Emmanuel Makron ğalaba qozondi. Marin Le Pen nomzodini 34,18 foiz saylovçi qöllab-quvvatladi.