Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey telefon orqali "Olğa" harakati yetakçisi Emmanyuel Makronni Fransiya prezidenti saylovlaridagi ğalaba bilan tabrikladi va u bilan Brexit’ni qisqagina muhokama qildi. Bu haqda Mey matbuot xizmati ma'lum qildi.   
 
"Boş vazir yangi prezident bilan bir qator masalalar böyiça işlaş imkoniyatini sabrsizlik bilan kutayotganini hamda Buyuk Britaniya va Fransiya örtasidagi noyob şeriklik kelgusi hamkorlik uçun mustahkam asos hisoblanişini aytdi", deb aytildi Dauning-stritda.  

Ma'lumotlarga köra, Mey Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan çiqqaç, uning "xavfsiz va farovon Yevropa Ittifoqi" bilan yaqin hamkorlik aloqalarini örnatiş istagidaligini aytgan.  

Ikki davlat yetakçisi NATO sammiti va "Katta yettilik" maydonlarida uçraşib, muzokaralar ötkazişlari mumkinligi kutilmoqda.