Angliya çempionatining 36-turida «Liverpul» «Sauthempton»ni qabul qildi. Uçraşuvda hisob oçilmay qoldi, bu «avliyolar» jamoasining qatorasiga törtinçi uçraşuvda ğalaba qozona olmasligi böldi.

Ikkinçi bölim örtalarida Jyek Stivens jarima maydoni içida Divok Oriji bilan töp uçun kuraş vaqtida uni turtib yubordi. Natijada öyin hakami 11 metrlik nuqtani körsatdi, ammo Freyzer Forster Jyeyms Milnerning zarbasini qaytardi.

Qayd etiş kerakki, Milner oxirgi bor APLda 2009 yilning noyabrida nuqtadan adaşgandi («Aston Villa» va «Bolton» öyinida).

Endilikda «Liverpul» 70 oçko bilan APL turnir jadvalida uçinçi örinda, Klopp jamoasi beşinçi örindagi «MYu»ni 5 oçkoga ortda qoldirgan (2ta köp öyin ötkazgan holda). «Sauthempton» esa (42 oçko, 34 öyin) — 10-öninçi örinda.

Angliya çempionati, 36-tur
Liverpul – Sauthempton 0:0
Liverpul – Minole, Lovren, Matip, Klayn, Milner, Jan, Veynaldum (Gruyiç, 87), Koutino, Leyva (Lallana, 69), Firmino, Oriji (Starrij, 69).
Sauthempton – Forster, Stivens, Bertran, Soareş, Yosida, Tadiç, Uord-Prouz, Bufal (Redmond, 60), Devis, Gabbyadini (Long, 69), Romeu.
Ogohlantirişlar: Soareş (65), Uord-Prouz (65), Lovren (89), Bertran (90).