Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni bölib ötgan saylovlardagi işonçli ğalabasi va Fransiya Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Özbekiston TIV matbuot xizmati tomonidan keltirilişiça, davlat rahbari Makronga yöllagan maktubida "uşbu yuqori va mas'uliyatli lavozimidagi faoliyati özaro hurmat, teng huquqlilik va işonç tamoyillariga asoslangan an'anaviy va sermahsul Özbekiston-Fransiya hamkorligini yanada rivojlantirişga yönaltiriladi", deya işonç bildirilgan.

Şavkat Mirziyoyev yangi saylangan prezidentga mustahkam soğliq va ulkan zafarlar, döst Fransiya xalqiga esa xotirjamlik hamda farovonlik tilagan.