Angliya çempionatining 36-turida «Arsenal» «Mançester Yunayted»ni qabul qildi.

Öyinning 54 va 57 daqiqalarida Granit Çaka va Denni Uelbek tomonidan urilgan gollar mezbonlarga ğalaba keltirdi.

Şu tariqa, londonliklar ustozi Arsen Vengerning Joze Mourinoga qarşi öyinlardagi statistikasida ilk ğalaba paydo böldi. Şu vaqtgaça uşbu murabbiylarning özaro töqnaşuvi 12 marta kuzatilgan, Venger jamoasi Mourino jamoasiga qarşi («Çelsi» va «MYu») 5 uçraşuvda mağlub bölgan va 7 uçraşuvda durang natija qayd etilgandi.

Şuningdek, bu öyindan keyin «MYu»ning APLda 25 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Joze Mourino jamoasi oxirgi marta 2016 yilning 23 noyabrida, çempionatning 9-turida «Çelsi»ga 0:4 hisobida yutqazgandi.

Bu ğalabadan keyin ham «Arsenal» 63 oçko bilan oltinçi örinda qolmoqda. «MYu» 65 oçko bilan beşinçi örinda joylaşgan.

Angliya çempionati, 36-tur

Arsenal – Mançester Yunayted 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 54 Çaka, 2:0 – 57 Uelbek.
Arsenal – Çex, Koselni, Monreal, Gibbs, Holding, Remzi, Oksleyd-Çemberlen, Özil, Çaka (Koklen, 76), Sançes, Uelbek.
Mançester Yunayted –  De Xea, Jons, Darmian, Tuanzebe, Smolling, Mxitaryan (Lingard, 61), Kerrik, Errera (Reşford, 63), Mata, Marsiyal, Runi.
Ogohlantirişlar: Koselni (67).