Avval xabar berganimizdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta'minlaş böyiça olib borilayotgan işlar natijadorligi va samaradorligini oşirişda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining şaxsiy mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror Özbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yakunlari va 2017 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasidan kelib çiqadigan topşiriqlarning ijrosini ta'minlaş maqsadida qabul qilindi. 

Qabul qilingan qaror yangi iş örinlarini taşkil etiş, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rivojlantiriş va kengaytirişda ularga amaliy yordam körsatiş böyiça aniq yönaltirilgan va tizimli işlar olib borişda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş, şu asosda band bölmagan aholini, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini işga joylaştiriş masalalarini hal qilişga qaratilgan. 

Qarorga muvofiq 2017 yilning 1 iyulidan boşlab joylardagi rahbarlarni moddiy rağbatlantiriş va ularning şaxsiy mas'uliyatini kuçaytirişning prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyat, şahar va tumanlar hokimlariga aholi bandligi ösişining tasdiqlangan har çorak prognoz körsatkiçlarini bajarganligi yoki bajarmaganligi uçun lavozim maoşining 15 foizi miqdorida mos ravişda mukofot beriladi yoki jarima solinadi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining, viloyatlar, tuman va şaharlar hokimlarining birinçi örinbosarlariga hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga esa ular lavozim maoşlarining 20 foizi miqdorida huddi şunday mukofotlaş yoki jarima soliş çoralari qöllaniladi. 

Qarorning muhim jihati şundan iboratki, unda aholi bandligi ösişining mezoni sifatida aholini davlat ijtimoiy suğurta hamda mehnat va pensiya qonunçiligi tizimlari bilan qamrab olingan doimiy, barqaror işga joylaştirilişi belgilangan. Aynan şunday bandlik şakli mehnat kafolatlarini himoyalaş, pensiya tölovlarini amalga oşiriş uçun mehnat stajini hisobga oliş, uy-joy sotib oliş va oliy ta'lim muassasalarida öqiş uçun olingan kreditlarni tölaşda soliq imtiyozlariga ega böliş hamda aholining kundalik hayotida zarur böladigan boşqa amaldagi qonunçilik me'yorlaridan fuqarolarimiz tölaqonli foydalanişiga barça imkoniyat yaratadi.