«Real» hujumçisi Garet Beyl faoliyatini «Mançester Yunayted»da davom ettirişi mumkin. Bu haqda Mirror naşri xabar tarqatdi. 

Qayd etilişiça, uelslik futbolçi «Mançester Yunayted» ustozi Joze Mourino bilan oğzaki kelişuvga erişgan.

Beyl «Mançester Yunayted»ga faqat bir şart bilan ötadi: jamoa çempionlar ligasiga yöllanma olişi kerak.

Bundan oldingi xabarlarda «Real» prezidenti Florentino Peres köp jarohat olayotgan bu futbolçi bilan xayrlaşişga tayyorligi haqida aytilgandi.

Joriy mavsumda Beyl jamoaning 26 uçraşuvida qatnaşdi va 9 gol urib, 5 golga uzatma berdi.