AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton yozuvçi Jyeyms Patterson bilan hammualliflikda özining birinçi romanini yozmoqda. Unda boş qahramon AQŞ prezidenti böladi, deb xabar bermoqda Hollywood Reporter naşri.
Romanning çop etilişi bilan şuğullanayotgan Alfred A. Knopf va Hachette naşriyotlarining bergan qöşma bayonotida aytilişiça, roman özidan "fitnalar qorişmasi, xavotirli kutiş va hokimiyatning eng yuqori eşelonlarida dunyo miqyosidagi sahna ortidagi drama"ni namoyon qiladi. Ta'kidlanişiça, roman syujyeti töliq mualliflar tomondan öylab topilgan.
"Amaldagi prezident haqidagi kitob ustidagi iş, men bu iş haqida bilişim, Oq uydagi hayot, Vaşington qanday işlaşi haqidagi hikoya menga katta zavq bermoqda", deb aytilgan Klinton bayonotida.
Detektiv va triller janrlaridagi asarlari bilan tanilgan yozuvçi Patterson Klinton bilan birgalikdagi işga "Men hikoya qiluvçiman, vaziyatning prezident Klinton tomondan tuşunilişi bizga haqiqatan ham qiziqarli voqeani sözlab berişga ijozat beradi", deb izoh bergan.
Roman "Prezident yöqolib qoldi" (The President is missing) deb nomlanadi va uni 2018 yil iyunida çop etiş rejalaştirilgan.












