Taşqi körinişi "Barselona" hujumçisi Lionel Messiga juda öxşab ketadigan 25 yoşli Rizo Parasteş ötgan dam oliş kunlari Erondagi Hamadon şahrida jamoat tartibini buzgani uçun qölga olindi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotga köra, politsiya "eronlik Messi"ni u bilan köplab odamlar suratga tuşmoqçi bölgani uçun hibsga olgan. Şuningdek, qonun himoyaçilari Parasteşning avtomobilini ham musodara qilgan.


"Messining egizagi" bir neça oy oldin "Barselona" libosida suratga tuşib, sport saytlaridan biriga yuborganidan söng maşhur bölib ketgan edi.












