Irlandiya sohillari yaqinida havaskor baliqçi, 26 yoşli Ben Bond 6 oyquloqli ulkan akulani qarmoqqa ilintirdi. Ta'kidlanişiça, tutilgan akulaning uzunligi 7,5 metrni, oğirligi esa 680 kg ga yaqinni taşkil qilgan. Bu haqda BBC telekanali xabar bermoqda.
Tutilgan akula Yevropada qarmoqqa tutilgan bu turdagi eng katta akula böldi. Baliqçi bir özi akula bilan 1,5 soatlik kuraşdan keyin uni sirtga çiqarib, suratga olgan va yana ozodlikka qöyib yuborgan.
Bondning aytişiça, u avval ham akulalar tutgan, biroq bunday katta akulani birinçi marta tuta oldi. Uning aytişiça, u akulani suvdan çiqarayotganda qörquv his qilmagan.
"Menimça, eng yoqimlisi u suzib ketayotganini kuzatiş böldi. Men bunday ajoyib jonzotni öldirişni istamadim", deb aytgan Bond.
Irlandiyaning baliqçilik boşqarmasi vakillari suratga olingan akulani "dengiz tublarining haqiqiy mahluqi" deb ataşgan.
Olti oyquloqli akula köp oyquloqlilar oilasining eng katta vakili hisoblanadi. Bunday akulalarning uzunligi odatda 5,5 metrdan oşmaydi.












