Fransiyaning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makron 14 may kuni davlat rahbari lavozimiga kirişişi munosabati bilan «Olğa!» partiyasi raisi lavozimini tark etdi. Bu haqida partiya boş kotibi Rişar Ferran matbuot anjumanida ma'lum qildi. «Olğa!» partiyasi Twitter'ida şu haqida xabar berildi. 

An'anaga köra, saylovlardan keyin yangi prezident özining partiyalardagi lavozimlarini tark etadi. Ferranning sözlariga köra, partiya raisi vazifalarini vaqtinçalik bajaruvçi etib Katrin Barbaru tayinlangan. 

Bundan taşqari, Rişar Ferran partiya nomining «Olğa!»dan  «Olğa, Respublika!»ga özgarganini ma'lum qildi. U iyun oyida bölib ötadigan parlament saylovlarida partiya barça saylov uçastkalarida Fransiya Milliy kengaşidagi örinlar uçun kuraş olib borişidan voqif etdi.