9 may ertalabdan Janubiy Koreyada mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin He hokimiyatdan çetlatilgani tufayli ötkazilişi belgilangan muddatdan avval prezidentlik saylovlari boşlandi.

Janubiy Koreya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, hammasi bölib saylovda 13 964 saylov uçastkasi faoliyat olib boradi. Uşbu saylovlarda 42,5 mln odam iştirok eta oladi.

Ovoz beriş soat 20.00ga qadar davom etadi. Biroq taxminan soat 15:00gaça kim ğolib bölişi aniq böladi.

Jamoatçilik fikrini örganiş böyiça ötkazilgan oxirgi sörovnomalar natijalariga köra, prezident lavozimiga asosiy da'vogarlar Demokratik partiyadan Mun Je In (42,4 foiz söralganlar qöllab-quvvatlagan), "Xalq partiyasi"dan An Çxol Su va konservativ kuçlar vakili Xon Çjun Pxyo hisoblanadi.

Mamlakatning yangi prezidenti 10 may kuni öz lavozimini bajarişga kirişadi.  

Avvalroq ma'lum qilingandek, Janubiy Koreyada 4-5 may kunlari muddatdan avval ovoz beriş bölib ötdi. Unda barça istovçilar iştirok eta olgan.  

Saylovlarda tartib saqlanişini 84 414 politsiyaçi, ya'ni mamlakatdagi barça politsiyaçilarning 60 foizi kuzatadi. Ular saylov uçastkalari va ovozlar hisob-kitob qilinadigan 251 ta punktni qöriqlaydilar.