2017 yildagi qabul komissiyalari iş boşlaydigan vaqt yaqinlaşmoqda. 2017 yil 5 may kuni Prezident qarori bilan qabul kvotalari tasdiqlangani joriy yilgi qabul mavsumini rasman oçib berdi. Mazkur qaror asosida bir qança yangiliklar va özgarişlar kiritildi. Xushnudbek.uz saytida uşbu yangiliklar haqida qisqaça ma'lumot berilgan.

1. Kvotalar 8 ming 409 taga köpaygan va jami 66 ming 316 nafar talaba qabul qilinadi;

2. Navoiy davlat konçilik instituti va Toşkent temir yöl muhandislari institutida maxsus sirtqi bölim oçildi. Öz navbatida Toşkent kimyo-texnologiya instituti (Qönğirot bölimi)ning maxsus sirtqi bölimi yopildi;

3. Joriy yildan test sinovlaridan muvaffaqiyatli öta olmagan abituriyentlar tölov-kontrakt pulining oşirilgan stavkasi evaziga talabalikka qabul qilinişi mumkin. Faqat buning uçun abituriyent kamida 68 ball töplagan bölişi lozim. Qöşimça qabul böyiça tölov-kontrakt pulining oşirilgan stavkasi abituriyentlar töplagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differentsiyalaşgan tartibda belgilanadi. Hozirça kontraktning narxi ma'lum emas. Şuningdek, qöşimça kontrakt örni ham çeklangan böladi, 68 balldan oşirgan barça abituriyentlar ham qabul qilinavermaydi;

4. Tibbiyot oliygohlari endilikda davlat granti asosida hududlarga taqsimlangan kvota bilan talaba qabul qiladigan böldi. Quyidagi manzilda qaysi viloyatga neçta örin ajratilganini körişingiz mumkin.

5. Toşkent tibbiyot akademiyasining Farğona filiali hamda Toşkent kimyo-texnologiya institutining Qönğirot bölimi uşbu yildan boşlab yopildi. Ular endi talaba qabul qilmaydi;

6. Toşkent davlat stomotologiya institutining hududlardagi barça filiallari, xususan Andijon, Buxoro, Samarqand, Nukus filiallari yopildi. Buning evaziga avvalgidek hududlardagi tibbiyot institutlarida “Stomatologiya” fakultetlari qayta taşkil etildi;

7. Toşkent tibbiyot akademiyasining Urganç filialiga yana talabalar qabul qiliş boşlandi. Ötgan yili uşbu filial uçun kvota ajratilmagandi;

8. Termiz şahrida Toşkent davlat texnika universiteti hamda Toşkent davlat agrar universitetining filiallari oçildi. Endi şu ikkala universitetda öqimoqçi bölgan abituriyentlar Termiz şahridagi filiallarda ham tahsil olişi mumkin;