Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruği bilan «Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi taşkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizomga bir qator özgartirişlar kiritildi.
Qayd etilişiça, akademik litseylarda yakuniy attestatsiyani taşkil etiş va ötkaziş tartibi bugungi kun talablariga, qonunçilik hujjatlariga moslaştiriladi. Yakuniy attestatsiyani ötkaziş uçun davlat attestatsiya komissiyasi (DAK)dan taşqari davlat imtihonlari ötkaziladigan har bir fandan alohida Imtihon komissiyalari taşkil etiladi. Imtihon komissiyalari faoliyat yuritişda DAKka böysunadi.
Davlat imtihonlari barça ta’lim yönalişlarida ona tili va adabiyot, Özbekiston tarixi hamda ta’lim yönalişining namunaviy öquv rejasida belgilangan yana ikkita çuqurlaştirilgan fanlardan ötkaziladi:
- ona tili va adabiyot fanidan – inşo;
- matematika fanidan – yozma;
- Özbekiston tarixi fanidan – test;
- qolgan fanlardan oğzaki sinovlar körinişida böladi.
Ta’lim yönalişlarining xususiyatlaridan kelib çiqib, ayrim yönalişlarda çuqurlaştirilgan fandan davlat imtihoni ijodiy imtihon körinişida ötkazilişi mumkin.
«Bundan buyon davlat imtihonlari materiallari hamda mezonlari, ijodiy imtihonni ötkaziş tartibi Imtihon komissiyalari tomonidan işlab çiqiladi hamda DAK tomonidan tasdiqlanadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq 2025 yildan boşlab ta’lim özbek tilida olib borilmaydigan umumiy örta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvçilari uçun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topşiriş majburiy bölişi töğrisida xabar berilgandi.

















