Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev öz Telegram-kanalida qabul jarayonlari haqidagi ma'lumotlarni eslatdi.
- Bugun, yakşanba kuni ham qabul komissiyalari faoliyat olib boradi. Tölov qiliş imkoniyati ham bor yoki onlayn tölang;
- Qabul 15 iyulgaça (öşa kuni ham), uzaytirilgani yöq, miş-mişlarga işonmang. Agar uzaytirilsa, albatta rasmiy xabar beriladi;
- Qabul komissiyalari oxirgi abituriyent qolgunça (soat neçigaça bölsa ham) faoliyat olib boradi, heç kim qolib ketmaydi;
- Sirtqi uçun qabul - 15 iyulgaça (öşa kuni ham). 30 iyul deb adaşmang;
- Onlayn hujjat topşiriş xizmati ham işga tuşdi. Bunda faqat 5 ta OTMni (TDYuU, FarDU, QDU, SamDU, GulDU) 1-yönaliş qilib tanlaş şart. 2 va 3-yönalişga istalgan OTMlarni tanlaş mumkin, bunga çeklov yöq.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev onlayn hujjat topşiriş haqida ayrim ma'lumotlarni keltirgan.
- Şunçaki abituriyentlar pasport va diplomining seriyasi va raqamini, şaxsiy identifikatsiya raqamini (PIN FL) kiritsa kifoya, boşqa narsa kerak emas. Pasport va diplomlarning skaneri ham şart bölmaydi, raqamlarini kiritsa böldi;
- Layfxak: mabodo kimdir pasporti va diplomini yöqotib qöygan bölsa va yangisini olişga ulgurmasligiga közi yetsa, unda onlayn hujjat topşirsin. Heç kimga hujjat körsatiş şartmas, raqamlarini bilsangiz kifoya. Imtihonga esa pasport stoldan olingan vaqtinçalik pasport (09-şakl) bilan kirsa böladi;
- Yagona portaldan hujjat topşiriş xizmati tekin böladi;
- Faqat ötgan yili tugatgan abituriyentlar Yagona portaldan hujjat topşirmoqçi bölsa, 101.365 söm tölov qilinadi;
- Yagona portal orqali avval hujjat topşirganlar yönalişini özgartira olmaydi! Buning uçun qabul komissiyasiga boriş kerak;
- Yagona portal orqali röyxatdan ötişda öta huşyor böliş kerak, ma'lumotlar notöğri kiritilsa, uni portal orqali tuzatib bölmaydi. Buning uçun davlat xizmatlari markaziga boriş kerak;
Quyidagi abituriyentlar onlayn hujjat topşira olmaydi:
- alohida imtiyozga ega bölganlar (ya'ni turli mukofot sohiblari, olimpiada ğoliblari va h.k.);
- fuqarolik pasporti bölmagan şaxslar (masalan, 16 yoşga tölmaganlar);

















