“Davlat test markazi tomonidan 2020 yilda “Umumta’lim muassasalari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlarini unifikatsiya qiliş va yagona imtihonni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi tayyorlangan.
Qaror loyihasida dastlab tajriba-sinov tariqasida Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumta’lim muassasalari bitiruvçilarining, keyinçalik esa barça umumta’lim muassasalari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlari unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini ötkaziş yölga qöyilişi közda tutilgan”, deyiladi DTM munosabatida.
Qayd etilişiça, qaror loyihasida avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yönalişlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlari topşirişi belgilangan.
Ya’ni imtihonlar unifikatsiya qilinişi OTMlarga kiriş imtihonlarining töliq bekor bölişini anglatmaydi, balki umumta’lim muassasalari bitiruvçilari 2 marotaba imtihon topşiriş (yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMlarga kiriş test sinovlari) örniga yagona test sinovi orqali yakuniy davlat attestatsiyasini topşirib, şu test natijasi bilan OTMlarga kiriş imkoniyatiga ega bölişini bildiradi.
Uşbu qaror loyihasida belgilangan maktablar uçun bitiruv imtihonlari 2021/2022 öquv yilidan boşlab DTM tomonidan olinişi belgilangan. Biroq qaror hali qabul qilinmagan. DTM matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lumot berişiça, loyiha ayni paytda Vazirlar Mahkamasida körib çiqilyapti.


















