Özbekistonda yakuniga yetayotgan öquv yilida yakuniy imtihonlar karantin qoidalariga rioya qilgan holda ötkaziladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova AOKAda bölib ötgan brifingda ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, joriy öquv yilida barça umumta'lim maktablarida bosqiçli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari öquvçilarning soğliğini himoyalaş, karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda ötkaziladi.

“Imtihonlar ötkazilişidan oldin ta'lim muassasalarida dezinfeksiya işlari olib boriladi, öquvçilar imtihonlarga sanitar-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda, himoya vositasida (tibbiy niqob) kiritilib, binoga kirişdan avval tibbiy xodimlar tomonidan ularning tana harorati ölçanadi va oraliq masofani saqlaşlari ta'minlanadi”, dedi Laylo Rustamova.

Şuningdek, agar umumta'lim muassasasi karantinga yopilgan bölsa, imtihonlar karantin muddati tugaganidan söng yuqoridagi talablar asosida, karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda ötkaziladi.

Ma'lumot uçun, koronavirus pandemiyasi tufayli ötgan öquv yilida barça ta'lim muassasalarida imtihonlar töxtatilgan va öquvçilar avvalgi uçta çorak asosida baholangan edi.