Amerika politsiyasi maktab şkafçasida portlovçi qurilmani saqlab kelgan 13 yoşli ösmirni hibsga oldi. Bu haqda Virginian Pilot naşri yonğin xizmati matbuot-reliziga asosan xabar bergan.

Öquvçi Virjiniya-Biç şahrida juma kuni qölga olindi, unga portlovçi moddalarni işlab çiqariş va saqlaş böyiça ayblovlar qöyilgan. Duşanba kuni sud uni qamoqda saqlaş muddatini uzaytirdi.

“Tergovçilar voyaga yetmagan şaxs portlovçi moddani jinoyatni amalga oşiriş uçun qöllamoqçi bölgani, kimgadir zarar yetkazişni istagani yoki portlovçi qurilmani maktabda işlatmoqçi bölgani yuzasidan aniq dalillarga ega emas”, - deyiladi xabarda.

Maktab ma'muriyati uni öquv muassasasidan çetlatiş huquqiga ega. Qölga olingan şaxs bu işni nega qilgani va tergov tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.