Özbekiston Milliy matbuot markazida Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Asad Xöjayev hamda vazirliklar va qömitalar matbuot xizmatlari rahbarlarining mahalliy OAV vakillari bilan uçraşuvi bölib ötdi. 

Davra suhbati körinişida bölib ötgan uçraşuv, Asad Xöjayevning aytişiça, bu boradagi ilk qadamdir. Uning sözlariga köra, ikki haftada bir marotaba barça davlat idoralari matbuot xizmatlarining OAV vakillari bilan muloqotini ötkaziş rejalaştirilmoqda.   

Prezident matbuot kotibi Asad Xöjayev

Özaro muloqot çoğida turli davlat idoralari va vazirliklar matbuot xizmatlarining OAV bilan hamkorligini qanday qilib yuqori saviyaga kötariş, bu borada nimalarga e'tibor qaratiş masalalari ham muhokama qilindi.