Saudiya Arabistonidagi Seven Car Lounge dilerlik markazi Rolls-Royce Phantom kabrioletining sönggi nusxasini sotuvga qöydi. Xabarlarga köra, u umuman yöl bosmagan.

Sotuvçi ma'lumotiga köra, Phantom VII Drophead Coupe seriyasida eng sönggi bölib çiqarilgan kabriolet Riva Aquarama tezkor kateri yönalişida bezatilgan. Avtomobil kuzovi ikki rangga böyalgan, ğildirak disklari va “vaytvollar” ham ikki xil rangda.

Kabriolet salonini bezaşda ikki xildagi çarm, karbonlardan foydalanilgan. Dvigatel – hajmi 6,75 litr va quvvati 460 ot kuçi bölgan 12 silindrli agregat.

Maşina qiymati oşkor etilmayapti.

Yettinçi avloddagi Phantom limuzini 2003 yilda taqdim etilgan bölsa, 2007 yilda kabriolet, 2008 yilda esa – kupe paydo bölgan. Rolls-Royce 2017 yilning boşida limuzin çiqarişni töxtatdi. Yangi avloddagi “Fantom” kelasi yili taqdim etiladi.